Ronaldu, Zidan va Inesta Evropa chempionatining ramziy termasiga kiritildi

13:15, 08 iyun

UEFA rasmiy sayti muxlislar talqiniga ko`ra tuzilgan Evropa chempionatining barcha davrdagi ramziy terma jamoasini e`lon qildi

Ramziy terma jamoaga 50 nafar futbolchi nomzodlik qilgan edi. Muxlislar ular orasidan eng yaxshi 11 tasini tanladi. 

Quyida ular bilan tanishing. 

Darvozabon: Janluidji Buffon (Italiya). 

Himoyachilar: Frans Bekkenbauer, Filipp Lam (ikkalasi Germaniya), Karles Puyol (Ispaniya), Paolo Maldini (Italiya). 

Yarim himoyachilar: Zinedin Zidan (Fransiya), Andrea Pirlo (Italiya), Andres Inyesta (Ispaniya); 

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Marko van Basten (Gollandiya), Tyerri Anri (Fransiya).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!