11 yoshli briyataniyalik qizcha bir marta kiygan ko`ylagini ikkinchi marta kiymaydi(Foto)

14:43, 08 iyun

Britaniyalik Lili Rey ismli qizaloqning otasi, birja brokeri Bob Port va onasi Karli Izattlar qizlarining o`qishdagi muvaffaqiyati evaziga oyiga shoping uchun ming funt sterling pul ajratadi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.   

Lili Rey nafaqat maktabda a`lo baholarga o`qiydi, balki raqs, suzish, golf, futbol, skripka chalish, frasuz tili mashg`ulotlariga ham borishga vaqt topadi. Chunki Lili bularning evaziga katta miqdordagi pulga ega bo`lishini yaxshi biladi. Qizchaning liboslariga mashhur yulduzlar ham havas qilsa arziydi. Lili Rey maktabga Prada brendining tuflisini kiysa, Longchamp sumkasini tutadi. U Moncler va Chloe brendlarining liboslarini yaxshi ko`radi.

“Garderobim judayam katta, u erda hech qachon kiymagan kiyimlarim ham ko`p. Chunki ularni kiyib ulgurmayman. Ba`zilarini unutib ham yuboraman, esimga kelib kiymoqchi bo`lsam, kichkina bo`lib qolganini ko`raman. Hech qachon bir marta kiygan ko`ylagimni ikkinchi marotaba kiymayman”, – deydi Lili Rey. 

Qizchaning eng so`nggi urfdagi liboslarda tushgan suratlarini Instagram foydalanuvchilari diqqat bilan kuzatib boradi. Bu ko`p o`tmay, o`z samarasini berdi. Lili 11 yoshda bo`lishiga qaramay, modellik agentliklari bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo`ldi.

Tanqidlarga qaramay, qizcha o`zini tantiq deb hisoblamaydi: “Men boshqalar kabi oddiy qizman. Maktabdan kelib, albatta biror yumush bilan band bo`laman, ammo qancha harakat qilsam ham charchash nimaligini bilmayman”. 

Lili-Rey ota-onasining unga pul berishini qoralamaydi: “Ota-onam muvaffaqiyatga erishishimni istaydi, bu bilan ular qancha ko`p narsa o`rgansang, bilsang, shunchalik ko`p pul topish mumkinligini menga amalda isbotlashmoqda. Men ularning bu ishidan taltayib ketmaganman, shunday ota-onam borligi omadim va baxtimdir”.

Lili Rey kelajakda dizayner yoki birja brokeri bo`lishni orzu qiladi. Agar u 16 yoshga to`lguncha chet tilini va biror musiqa asbobini chalishni yaxshi o`rgansa , otasi 10 ming funt sterling berishga va`da bergan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!