Ruslan Sharipovning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqaldi(Foto)

15:07, 08 iyun

Jurnalist Jasur Hamroev o`zining Facebook`dagi sahifasi va “Shov-shuv.uz” saytiga xonanda Ruslan Sharipovning tanib bo`lmas darajada o`zgarib ketgan va sigaret chekayotgani aks etgan suratlarni joyladi. Jasur Hamroev bu suratlarni “Bir paytlar Yulduz Usmonova duet kuylab, elga tanitgan xonanda bu! Taniyapsizmi?” deya izohladi. 

Ruslan Sharipovning mazkur suratlari internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. O`zini xonandaning qo`shnisiman, deb tanishtirgan internet foydalanuvchisi Ruslan Sharipov haqida quyidagilarni yozib qoldirdi: 

“Ruslan Sharipovni ko`p ko`raman, qo`shnimiz. Tumanimiz  ko`prok ruslardan iborat, shuning uchun unga ko`pchilik ahamiyat bermaydi, tanimaydi ham. Lekin turmush o`rtog`iga qoyilman, har safar Ruslan mast holatda bo`lsa ham, kiyimlari doim toza va joyida”. 

Bunga javoban yana bir internet foydalanuvchisi “balki xonandaga moddiy yordam kerakdir, uyi qaerda?” deb so`radi. 

Biroq xonandaning qo`shnisi ekanligini aytgan Facebook foydalanuvchisi Ruslan Sharipovning moddiy yordamga muhtoj emasligini ta`kidladi. 

Aksariyat internet foydalanuvchilar Ruslan Sharipovni bunday ko`rinishda suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatayotganlarni qoralamoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 21:39, 14 iyun
Земляки давайте всем собраться знакомым и поддержать морально Руслана ,можно психологически.Найти клинику где действительно вылечат можкт и психолога значит у него есть проблемы надо помочь человеку
Гость 12:25, 14 iyun
машхур одам шунака гап сузлага кумилади. машхурликни юки шунака. яхши одамиди рахматли.
Гость 13:15, 11 iyun
Kuni kecha radioda R. Sharipovning adashmasam "Yigit" qo'shig'ini eshitib bu odamga achindim. Qo'shiqda shunday misralar bor edi: Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini...
Гость 19:53, 10 iyun
санларга нима??? Кждый имееь право на личную жизнь!!! Нима бупти сигарет чакса ва ичса??? Ё санлар сигарети билан ичкилигига пул бердтиларми???
Гость 22:53, 09 iyun
bunday bolishi mumkinmi ahir otkan zanonlarda taniqli honanda edi ularga nima boldi bu haqta toliq malumot berishingizni iltimos qikaman