Rossiyalik milliarder o`g`lining to`yini katta dabdaba bilan o`tkazdi(Foto)

15:50, 08 iyun

Jamoatchilik Mixail Guserievning o`g`liga qilgan dabdabali to`ydan hali o`ziga kelmay turib, muhokama uchun yangi mavzu topildi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Moskvaning “Safisa” restoranida o`tkazilgan to`yga favqulodda katta miqdordagi mablag` sarflandi. “Tashir” guruhlari kompaniyasi prezidenti, milliarder  Samvel Karapetyan o`g`li, 23 yoshli Sarkisni, gruziyalik Salomeya ismli qizga uylantirdi. 

To`yga 500 nafar mehmon, shu jumladan Rossiyaning mashhur shou-biznes vakillari ham tashrif buyurdi. To`y o`zining dabdabasi, hashamdorligi bilan hammani hayratga soldi. To`yxona tabiiy gullar, dasturxon esa ulkan tortlar bilan bezatildi. 

Restoran ertakmonand o`rmon shakliga keltirilib, oppoq gullar bilan yasatilgan. To`yda Alla Pugachyova, Grigoriy Leps, Vera Brejneva va Maroon 5 guruhi vakili Adam Levinlar qo`shiq aytgan.

Sarkis Karapetyan yaqinda eng havas qilarli bo`ydoqlar ro`yxatida etakchilik qilgan edi. Uning otasi Forbes jurnalining eng boy odamlari ro`yxatida 26-o`rinda turadi va daromadi 4,6 miliard dollar deb baholangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!