“Homiladorlikda tishni davolatsa bo`ladimi”

16:11, 08 iyun

–  Etti oylik homiladorman. Jag` tishim qattiq og`riq berayapti. Hozircha sho`r suv va moychechak damlamasi bilan og`zimni chayqab turibman. Ayrimlar bu vaqtda tishni oldirib bo`lmaydi deyishayapti. Haqiqatan ham shundaymi? 

Gulzoda Mamarasulova, Toshkent viloyati 

Savolga terapevt – stomatolog Dilmurod ALIMOV javob beradi: 

–Tishlardagi karioz kavak surunkali infeksiya o`chog`i  hisoblanadi. Bu esa bo`lajak ona organizmi bilan bir qatorda homilaga ham  nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Sizni holatingizda avval jag` tishni ko`rish lozim. Hozirgi zamonaviy stomatologiya imkoniyatlari homiladorlikda qo`llash mumkin bo`lgan preparatlarni taqdim etmoqda. Mazkur vositalardan o`z o`rnida to`g`ri foydalanilganda ona va bola salomatligi  xavfda qolmaydi.  Davolovchi ginekologingiz bilan maslahatlashing-da, stomatolog ko`rigidan o`ting. Agar tishni olib tashlash lozim topilsa, amaliyot bajariladi. Ehtimol konservativ davo choralari ko`magida muammo hal qilinsa ham bo`lar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!