Portugaliyada miyasi o`lgan ayol o`g`il farzandni dunyoga keltirdi

09:49, 09 iyun

Lissabonda tibbiyot xodimlari tomonidan to`rt oy ilgari miyasi o`lganligi tasdiqlangan ayol o`g`il farzandli bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Bolaning og`irligi 2,35 kilogramm bo`lib, homiladorlikning 32-haftasida kesarcha kesish orqali tug`ilgan.

Shifokorlar joriy yilning fevral oyida 37 yoshli ayolning miyasi o`lganligini qayd etishdi. Kasalxonada hayot bilan ta`minlovchi apparatni o`chirish haqida qaror qabul qilindi. Ammo ular ayolning miyasi o`lgan bo`lsa-da, bolaning sog`lomligini aniqlashdi.

2015 yilning may oyida Nebraska shtatida ham xuddi shunday voqea ro`y berib, bolani tug`dirib olish maqsadida, shifokorlar miyasi o`lgan homilador ayolni ikki oy mobaynida hayot bilan ta`minlovchi apparatga ulab qo`yishgan. 

22 yoshli Karla Peresga ulangan apparat 54 kun mobaynida o`chirilmagan. Tug`ish muddati etgach, shifokorlar kesarcha kesish operasiyasini o`tkazishgan va sog`lom o`g`il bola dunyoga kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!