Toshkentda yo`lovchi avtobusning ustunga borib urilishi oqibatida 15 kishi jabrlandi(Foto)

10:37, 09 iyun

Toshkent shahrining Beshqayrag`och mavzesida 53-sonli avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirildi. 

YTH haqidagi xabarga ilova qilingan suratlarda Mersedes Benz rusumli avtobusning yo`l chetidagi ustunga borib urilgani aks etgan. Kuchli zarbdan avtobusning old qismiga jiddiy zarar etgan. Guruhga YTH suratlarini joylagan internet foydalanuvchisi “Ustun avtobus salonining yarmigacha kirib ketishi uchun, u qanday tezlikda kelayotgan bo`lishi kerak?” deb yozib qoldirdi.

Hodisa guvohlaridan birining aytishicha, yo`l-transport hodisasi avtobus haydovchisining qon bosimi ko`tarilib ketganligi sabab sodir bo`lgan. YTH oqibatida 15 kishi jabrlangan, ularning barchasi shifoxonaga olib ketilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 12:14, 09 iyun
Kechayam yani 8iyun kuni 105-avtobus 99-avtobus bilan ancha yomon to'qnashdi jabrlangala kamida 20ta odam.O'zgarish bekatida bo'ldi.
Гость 12:01, 09 iyun
da kaneshna bunaqa issida yure yomon boladide davlena oshadi bunaqa issuda kartoshka ob ketadiyu bu aftobuzla kanditsanerli aftobuz olish kere