Chilonzor tumanidagi maktab oshxonalarini ijaraga berish bo`yicha tanlov e`lon qilindi

10:52, 09 iyun

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida sog`lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”ga 132-sonli qaroriga muvofiq Chilonzor tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarida sog`lom ovqatlanishni tashkil etish maqsadida maktab oshxonalarini ijaraga berish bo`yicha tanlov e`lon qiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi rasmiy sayti xabar bermoqda

Tanlovda davlat ro`yxatidan o`tgan, maxsus moddiy texnik bazasi (zamonaviy texnologik jihozlar)ga ega hamda taomlar tayyorlash texnologiyasi bo`yicha malakali mutaxassislari mavjud bo`lgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov uchun hujjatlar 10 iyul kuni kech soat 18:00 ga qadar Chilonzor tumanidagi Xalq ta`limi boshqarmasida qabul qilinadi. Tender komissiyasi 2016 yil 21 iyul kuni soat 10:00da Chilonzor tumani 1-mavze, 9-uy manzilida joylashgan 66-sonli maxsus mehnat maktabi binosida o`tkaziladi.  

Umumta`lim maktablari oshxonasi tanloviga qo`yilayotgan Chilonzor tumanidagi ta`lim muassasalarning ro`yxati va manzili bilan hokimlik saytida tanishish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!