Vladimir Putin Belorussiya prezidenti Lukashenkoga uyquga to`ymayotganidan nolidi

12:54, 09 iyun

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minskdagshi uchrashuv paytida belorussiyalik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoga uyquga to`ymayotganidan nolidi, deb xabar berdi “Forbes.ru” nashri. 

Minskdagi prezidentlar uchrashuvi oldidan Lukashenko Putindan hol-ahvol so`radi. Unga javoban Putin, hammasi joyidaligini, faqat kam uxlayotganini aytgan. Putinning aytishicha, kechadan oldingi kun 4 soat uxlagan bo`lsa, kecha atigi 5 soat uxlagan.

“Bu yomon”, — dedi Belorussiya prezidenti.

Putin 8 iyun kuni Minskka Rossiya va Belorussiya hududlari forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Yalpi majlis boshlanishidan oldin Putin Lukashenko bilan yakkama-yakka uchrashgan. Keyin majlis kengaytirilgan tartibda davom etdi.

Majlisda Belorussiyaga uzatilayotgan Rossiya gazining narxi muhokama etildi. Putin o`z nutqida Belorussiyani qishloq xo`jalik mahsulotlarini Rossiya bozorlariga etkazib berishga, sanksion tranzit tovarlarni esa o`tkazmaslikka chaqirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!