O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istonda yuz bergan voqealar munosabati bilan hamdardlik bildirdi

14:50, 09 iyun

2016 yilning 9 iyun kuni Toshkent shahridagi Qozog`iston Respublikasi Elchixonasida Hamdardlik kitobiga O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu Hamdardlik kitobi Aqto`be shahridagi terroristik xuruj qurbonlariga bag`ishlab mamlakatda milliy motam kuni e`lon qilinganligi munosabati bilan ochilgan.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda Aqto`bedagi terakt qurbonlari xotirasiga e`lon qilingan milliy motam kuni bo`lib o`tmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!