Nyu-Yorkdagi ko`chalardan biri Muhammad Alining nomi bilan ataldi

16:06, 09 iyun

AQSh hukumati Nyu-Yorkdagi ko`chalardan biriga vaqtinchalik Muhammad Alining nomi qo`yildi, deb xabar berdi Xsport.ua nashri. 

Shahar meri Bill de Blazio afsonaviy bokschi Muhammad Ali 1971 yilda Jo Freyzer bilan jang qilgan Madison Square Garden sport saroyi yonidagi West 33rd Street nomli ko`chaga bokschining nomi berilganligini e`lon qildi.

Bu qarorni shahar kengashi hali tasdiqlamaganligi bois bu nom “vaqtincha” deb yuritilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, Muhammad Ali 75 yoshda AQShning Finiks shahrida vafot etdi. U o`pka kasalligi oqibatida vafot etgan. Bokschi uzoq vaqt Parkinson kasalligidan aziyat chekkan va so`nggi paytlarda mustaqil nafas ololmagan. 

Muhammad Alining dafn marosimi 10 iyun kuni Lusvill shahrida bo`lib o`tadi. 

WBC 2016 yilni Muhammad Ali sharafiga motam yili deb e`lon qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!