“Soch to`kilishi nasl suradimi?”

16:39, 09 iyun

–  Turmush o`rtog`imning sochi to`kila boshladi. Ahamiyat bersam old qismi ancha siyraklashgan. Bu holat oilamizning deyarli barcha erkaklarida kuzatilgan. Meni o`ylantirayotgani soch to`kilishi nasl suradimi? O`g`illarimda ham takrorlanishi mumkinmi?

Sanobar Holmatova, Sirdaryo viloyati

Savolga shifokor-terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi: 

–  Oilangiz erkaklarida sochning erta to`kilishi mavjud bo`lsa, bu holat boshqalarda ham uchrashi mumkin. Odatda bu jarayon erkaklar naslidan tarqalib, tepakallikni keltirib chiqaradi. Ayollarda esa soch to`kilishi siyraklishish bilan kuzatiladi. Soch to`kilishining oldini olish uchun hozirda turli parvarishlash vositalari, soch ildizini mustahkamlovchi vositalar ishlab chiqarilgan. Agar soch to`kilishi nasliy moyillikdan tashqari boshqa omillar, masalan, organizmning ichki kasalliklariga bog`liq bo`lmasa, parvarishlash yordamida jarayonni sekinlashtirish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!