Toshkentda kuchli portlashlar bilan kuzatilgan yong`in sodir bo`ldi (Video)

22:56, 09 iyun

Bugun soat 22:30 chamasi Yakkasaroy tumanining tekstil zavodi hududida ketma-ket bir nechta portlash sodir bo`ldi.

Mazkur hodisaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar YoXBB bilan bog`langanimizda, tekstil zavodi hududida yong`in sodir bo`lgani va ayni damda ushbu voqea joyiga o`t o`chiruvchilar brigadalari yo`l olayotganini ma`lum qilishdi.

Kuchli yong`inga yondosh hududlarning yuqori qavatlarida yashovchi aholi guvoh bo`lgan.

Hodisa sabablariga oydinlik kiritamiz, bizni kuzatib boring!

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!