Toshkentda kuchli portlash bilan kuzatilgan yong`in sabablari ma`lum bo`ldi (Video)

09:37, 10 iyun

9 iyun kuni soat chamasi 22:30 larda Toshkentda kuchli portlashlar bilan kuzatilgan yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergandik.

Mazkur yong`in sabablarini aniqlash maqsadida Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi Bosh boshqarmasi bilan bog`landik.

Darakchi.uz nashriga berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 9 iyun kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan tekstil zavodi hududidagi Polizol ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonda yong`in sodir bo`lgan. Mazkur sexdagi texnologik jarayonda propan gazdan foydalanishga ruxsat berilgan bo`lib, sodir bo`lgan yong`in oqibatida propan gaz baloni portlab ketgan. Yong`in oqibatida 300 kvadrat metr hudud yongan. Yong`in yuz bergan hududga 8 ta o`t o`chirish brigadalari jalb etilgan bo`lib, ulardan 6 ta mashina yong`inni yarim soat ichida to`liq bartaraf etdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Quyida mazkur hodisadan suratga olingan videoni tomosha qilishingiz mumkin. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!