Rulni shirakayf holda boshqargan amerikalik fuqaro umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

10:27, 10 iyun

AQShning Texas shtatida Montgomeri okrug sudi 1980 yildan 2013 yilgacha 9 marotaba mast holda rulga o`tirgan erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Sudya Ketlin Xemilton Donald Middltonni (Donald Middleton) residivist, ashaddiy jinoyatchi deb e`lon qildi va uni ozodlikda yurishga haqsiz deb topdi. Ammo shu paytgacha Donald Middlton nima uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilinmaganiga izoh berilmagan.

2015 yilning may oyida Middlton mast holda qarshi tomondan kelayotgan avtomobilga urilgan. Urilgan avtomobilni Montgomeri shahar polisiyachisining 16 yoshli o`g`li boshqargan. Bola jarohatlanmagan, Middlton voqea joyidan qochib, o`sha erdagi savdo do`konlaridan biriga yashirinishga harakat qilgan, ammo sotuvchilar uni polisiyaga ushlab bergan.

Donald Middlton ilk marotaba 1980 yilda mast holda avtomobil boshqargani uchun qo`lga olingan. 1997, 2000 yillarda bu hol yana takrorlangani uchun qamoqda o`tirib chiqqan, ammo bundan tegishli xulosa chiqarmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!