Kopa Amerika–2016. Urugvay muddatidan avval turnir bilan xayrlashdi

10:30, 10 iyun

AQShda  futbol bo`yicha Kopa Amerika–2016 turniri davom etmoqda. “S” guruhining 2-tur uchrashuvlari yakuniga etdi va pley-off yo`llanmasiga ega bo`lgan yana ikki terma jamoa nomi ma`lum bo`ldi. 

Dastlab Venesuela termasi sensasion tarzda Urugvayni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, Luis Suares va uning jamoadoshlarini turnir bilan xayrlashishiga majbur qildi. 

Ikkinchi o`yinda Meksika terma jamoasi qiyinchiliksiz Yamaykani 2:0 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, “S” guruhidan Meksika va Venesuela muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!