Yoqutistonda jurnalist ayol og`riqsizlantiruvchi ukoldan vafot etdi

11:15, 10 iyun

Yoqutiston tibbiyot markazida 40 yoshli ayol mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan in`eksiyadan vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

9 iyun kuni ayol Kalvis ko`chasida joylashgan tibbiyot markaziga murojaat qilgan. Shifokorlar operasiyadan oldin unga lidokoin in`eksiyasini yuborishgan. Ayol hushidan ketgan, o`tkazilgan barcha jonlantirish tadbirlariga qaramay, vafot etgan.

Tergovoldi tekshiruv ishlari boshlangan, ayolning o`lim tafsilotlarini aniqlash uchun tibbiy sud-ekspertizasi tayinlangan. Ekspertiza xulosasi natijasida shifokorlar ishiga xuquqiy baho beriladi.

Nashrning xabar berishicha, vafot etgan ayol — Kristina Gayd respublikada mashhur jurnalist bo`lgan. U respublikaning bir qancha ko`zga ko`ringan nashrlarida, oxirgi paytda “Yoqutiston” texnoparkida matbuot kotibi bo`lib ishlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!