“Nima qilsam erim doim yonimda bo`lishni istaydi?”

15:14, 10 iyun

To`y o`tdi. Ilk uchrashuvdagi entikishlar, bog`larda sayr qilish, kinoga, ko`ngilochar joylarga borish ortda qoldi. Endi oilaviy hayot boshlanadi, ayol kishi erkakni bir umr yonida olib qolish uchun ancha ter to`kishiga to`g`ri keladi. “Sosmo.ru” nashri bu boradagi maslahatlarini siz bilan o`rtoqlashadi

Qanday qilib erkakni bir umr sevdirish mumkin?

Avvalo gapni “Qanday qilib, erkakni bir umr sevdirish mumkin?” degan savol ustida to`xtalsak. Bu savolning o`zi erkakning erkini, ozodligini chegaralab qo`yayotganday tuyuladi. Shuning uchun savolni boshqacha qo`yish lozim: “Qanday qilsam erim doimo yonimda bo`lishni istaydi?” va bu haqda o`ylab ko`rish lozim. 

•  Uning qiziqishlarini qo`llab-quvvatlang. Har qanday erkak o`zini va qiziqishlarini hurmat qiladigan ayolni e`zozlaydi. Mabodo u kechqurun pivo ichib, futbol tomosha qiladigan bo`lsa yoki do`stlari bilan kompyuter o`ynasa, bu harakatlar sizga qanchalik yomon tuyulmasin, uni kamchilik deb qabul qilmang. Yaxshisi, pivoga gazak uchun biror nima tayyorlang yoki kompyuter uchun yangi joystik sovg`a qiling, bundan eringizning boshi osmonga etishi aniq!

•  Betakror va yagona ayolga aylaning. Uning orzusidagi ayolga aylanishdan charchamang. Asosiysi yalqovlik qilmang. Hech kim sizdan kun bo`yi gaz plitasi oldida turib, ovqat pishir, chuchvara tug demaydi. Eringizni har qanday sharoitda tushunishga harakat qilsangiz, eng yaqin do`stiga aylansangiz, u bundan xursand bo`ladi.

•  Nolishni bas qiling. Eringizdan qanchalik kam narsa kutsangiz, hayotingiz shunchalik tinch bo`ladi. Bu bilan har qanday narsaga ko`nib, qadringizni yo`qoting degan fikrdan yiroqmiz. Gap bu erda muvozanat haqida ketmoqda. Eringiz bilan bir-biringizdan hech qanday qarzingiz yo`q, shuning uchun undan biror narsa talab qilmaslikka, bor narsaga shukur qilishga o`rganing. Bunday holat sizni urish-janjallardan xalos qiladi.

•  Erkinlik bering. Bu qanchalik g`alati eshitilmasin, eringizni yoningizda olib qolish uchun unga ko`proq vaqt va erkinlik bering. Rashk va taqiqlar tufayli baxtli oila qurib bo`lmaydi. Siz eringiz uchun yagona ayol ekanligingizga unutmang, asabiylashmang. Uydagi xotirjam muhit uning ishdan uyga shoshilishiga, sizga vaqt ajratishiga sabab bo`ladi.

•  O`zingizga qarab yuring. Har bir erkak yonida go`zal ayol bo`lishini istaydi. U sizni tanladimi, demak siz eringiz uchun eng chiroyli ayolsiz. Eringizning tashlab ketmasligini istasangiz, go`zalligingizni saqlashga harakat qiling. Agar ayol  erining o`zgarishini xohlasa, erkaklar aksincha, rafiqasining hech qachon o`zgarmasligini, ilk marotaba qay holda uchratgan bo`lsa, shundayligicha qolishini istaydi. Yillar o`tgan sari odam o`zgaradi, ammo mashhur ayollardan biri bu haqda shunday degan: “Yigirma yoshda tabiat tomonidan berilgan go`zal yuzingizning ellik yoshda ham shu holatda qolishi o`zingizga bog`liq”.

•  Munosabatlar ustida ishlash. Agar ishdan o`lar holatda charchab kelsangiz ham, stress holatida bo`lsangiz ham munosabatlarga putur etkazmaslikka harakat qiling. Barcha muammolarni ishxonangizga tashlab keling, turmush o`rtog`ingizga zahringizni sochmang, iloji boricha, muloyim ovozda gaplashing, jilmaying. Uni tinglang, ko`nglini olishga intiling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!