Lisenziyasiz faoliyat yuritayotgan sozanda va raqqosalar jarimaga tortildi

16:48, 10 iyun

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan shahardagi to`yxonalarda maxsus ruxsatnomasiz sozandalik va raqqosalik bilan shug`ullanayotganlarni aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shahardagi “Bog`ibaland” to`yxonasida o`tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro Nodir Alimov, Nigora Yakubova, Zarnigor Babayarova maxsus ruxsatnoma olmasdan sozandalik va raqqosalik faoliyati bilan shug`ullanayotgani aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining 2015 yil 4 noyabrdagi hukmi bilan N.Alimovga Jinoyat kodeksining 190-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida, N.Yakubova va Z.Babayarovaga esa Jinoyat kodeksining 190-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ularning har biriga nisbatan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!