UZ hududida 28 minginchi domen ro`yxatdan o`tdi

10:34, 11 iyun

UZ hududidagi domenlar soni 28 minglik ko`rsatkichga etdi. Bu haqda Milliy domen hududi ma`muriyati xabar bermoqda.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`sish sur`ati yil boshidan buyon 2600 tani yoki 10 foizni tashkil etdi. Mazkur davr mobaynida 6100 dan oshiq yangi domenlar ro`yxatga olinib, 3600 tasi o`chirildi.

Barcha domenlarning 46 foizi jismoniy shaxslarga, 89 foizi O`zbekiston fuqarolariga tegishli. 69 foiz domen nomlari xostingga bog`langan bo`lsa, domenlarning yarmiga yaqini mamlakat hududiga joylashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!