Xitoyda 13 yil avval 3 kishini o`ldirgan qotil hibsga olindi

10:37, 11 iyun

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi polisiyasi bundan 13 yil avval o`ldirilgan 3 kishining qotili deya taxmin qilinayotgan erkakni hibsga oldi, deb yozadi “RIA Novosti” nashri. 

Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchi Chjusi shahrida qo`lga olingan. U 2003 yilning 15 avgustida Xanchjou shahridagi uylardan biriga bostirib kirib,  kishini o`ldirgani aytilmoqda. Erkak birovning uyiga o`g`irlik qilish maqsadida bostirib kirgan.

U o`shandan beri qidiruvda edi. Polisiyaning ma`lum qilishicha, erkak qotillik sodir etganini tan olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!