AQShning Florida shtatidagi konsertda noma`lum erkak xonandaga qarata o`t ochdi

10:39, 11 iyun

AQShning Florida shtatida bo`lib o`tgan konsertdan keyin noma`lum erkak xonandaga qarata o`q uzgan, keyin esa o`zini otib o`ldirgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Voqea Orlandoda, 10 iyun kuni kechqurun bo`lib o`tgan. Kristina Grimmi va Before You Exit musiqa guruhi a`zolari konsertdan keyin tomoshabinlarga dastxat tarqatayotganda noma`lum erkak Kristina Grimmiga qarata o`q uzgan.  

Kristina Grimmining akasi o`q uzgan erkakni tutishga harakat qilgan, shunda jinoyatchi o`zini otib, voqea joyida halok bo`lgan. Xonanda og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, jinoyatchining ikkita o`q otar quroli bo`lgan. Hozircha uning shaxsi aniqlanmagan, nima uchun bu jinoyatni amalga oshirganiga oydinlik kiritilmoqda. Otishma bo`lgan joyda 60 ortiq odam bo`lishiga qaramay, hech kim jabrlanmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!