Gollivud aktyori Maykl Jeys xotinini o`ldirgani uchun 40 yilga qamaldi

10:59, 11 iyun

Akter Maykl Jeys 2014 yilda rafiqasini o`ldirgani uchun 40 yilga qamaldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Sudda aktyor rafiqasini qasddan o`ldirmaganini ma`lum qildi.

“Men barcha yaqinlarimga etkazgan qalb og`rig`i uchun kechirim so`rayman. Qilgan ishimdan afsusdaman”,—dedi aktyor.

Joriy yilning 31 may kuni aktyor rafiqasi Eypril Jeysning o`limida aybdor deb topildi. Aktyor rafiqasining otasiga tegishli to`pponcha bilan uning orqasi va oyog`iga otgan edi. Aktyorning sakkiz va besh yoshli ikki nafar o`g`illari mazkur hodisaning guvohi bo`lishgan.  

Ma`lumotlarga ko`ra, aktyorning rafiqasi  Eypril u bilan ajrashmoqchi bo`lgan. Bundan xabar topgan Jeys o`z joniga qasd qilishga qaror qiladi. Biroq u o`zini emas, xotinini otib qo`yadi.

40 yoshli Eypril Jeys 2014 yilning 19 may kuni o`z uyida o`lik holda topilgan. 

Maykl Jeys “Forrest Gamp”, “Maymunlar sayyorasi” kabi filmlarda suratga tushgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!