David De Xea zo`ravonlik qilganlikda ayblanmoqda

11:01, 11 iyun

"Manchester Yunayted" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea qizni jinsiy aloqa qilishga majburlaganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, “Real” yarim himoyachisi Isko va “Atletik” xavbeki Iker Muniain ham ushbu ishda aralashgani xabar qilinmoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchilar narkotik moddalarini ham  iste`mol qilganlikda gumon qilingan. 

David De Xeani ng o`zi ushbu xabarlarni rad etdi. 

– Avvalo, men bunaqa mish-mishlar taraqalganidan hayronman. Bularning bari yolg`on va tuhmat. OAVda tarqalgan barcha ma`lumotlarni inkor qilaman, – dedi ispaniyalik darvozabon. 

David De Xea Ispaniya terma jamoasidagi do`stlari tomonidan qo`llab-quvvatlanayotganini, ular birgalikda Evropa chempionatida g`olib chiqishga harakat qilishini, mish-mishlar surishtiruvi bilan advokatlari shug`ullanishini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!