Kopa Amerika-2016. Messining xet-trigi Argentinani chorak finalga olib chiqdi

13:17, 11 iyun

Argentina terma jamoasi AQShda davom etayotgan Kopa Amerika-2016 futbol turnirining chorak finaliga chiqdi. 

“D” guruhi 2-turida Argentina Panamani 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Messi ushbu o`yinda xet-trik muallifiga aylandi. Otamendi va Aguero bittadan gol kiritishdi. 

Uchinchi turda Xerardo Martino shogirdlari Boliviya bilan kuch sinashadi.  

Argentina – Panama 5:0 (1:0, 4:0)

Gollar: 1:0 – 7 Otamendi, 2:0 – 68 Messi, 3:0 – 78 Messi, 4:0 – 87 Messi, 5:0 – 90 Aguero.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!