Kopa Amerika-2016. Braziliya Peruga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi (Video)

10:18, 13 iyun

Kopa Amerika-2016 turnirining “V” guruhi uchinchi turidan o`rin olgan uchrashuvlar o`z poyoniga etdi. 

Ilk o`yinda Braziliya terma jamoasi Peru futbolchilariga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Golni Ruidias kiritdi. 

Ushbu mag`lubiyat Braziliyaning turnir bilan xayrlashishiga sabab bo`ldi. Peru esa “V” guruhidan birinchi o`rin egallagan holda chorak finalga chiqdi. 

Braziliya – Peru 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 Ruidias.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!