AQShda Facebook'dagi xavfsizlik haqidagi xabarlar xizmati vazifasi kuchaytirildi

10:21, 13 iyun

12 iyun kuni AQShning Orlando shtatida ro`y bergan teraktdan keyin  Facebook ijtimoiy tarmog`i AQSh hududida ilk bora Safety Check (“Xavfsizlikni tekshirish”) xizmati vazifasini kuchaytirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bu funksiya ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining biror fojia yuz berganda xavfsiz joydaligini aniqlash maqsadida kuchaytirildi. Bundan tashqari xizmat halokat yuz bergan joydagi kishining boshqalar bilan zudlikda aloqaga chiqishiga, o`zi haqida ma`lumot berishiga yordam beradi.  

12 iyun kuni AQShning Orlando shtatida asli afg`onistonlik bo`lgan Umar Matin qurollangan holda Pulse tunggi klubiga kirib, u erdan bir necha kishini asirga olib voqea joyidan yashiringan. Polisiya uni ushlash maqsadida quvganda, otishma bo`lgan, uzoq otishma oqibatida Umar Matin halok bo`lgan, asirlar ozod qilingan. Otishmada 50 kishi halok bo`lgan, 53 kishi yarador bo`lgan. Teraktni “Islom davlati” guruhi o`z bo`yniga olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!