“Napoli” Gonsalo Iguainga shartlari yaxshilangan kelishuv taklif qildi

10:23, 13 iyun

Italiyaning “Napoli” klubi hujumchi Gonsalo Iguainga yaxshilangan shartlardagi yangi kelishuv taklif qildi. Bu haqda Rai Sport ma`lum qilmoqda

Argentinalik futbolchining amaldagi bitimi 2018 yilga qadar mo`ljallangan. Yangi kelishuvga ko`ra uning yillik maoshi 5 mln evrodan 7 mln evrogacha oshadi. Ammo, tovon puli 94 mln evrodan 70 mln evrogacha tushadi. 

Klub prezidenti Aurelio De Laurentis muzokaralar o`tkazilganini shaxsan tasdiqladi. 

O`tgan mavsumda Iguain Italiya chempionatida 36 ta go kiritib, to`purarlik borasida 66 yil davom etgan rekordni yangiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!