«GM Uzbekistan»ga butlovchi qismlarni etkazib berayotgan korxonalar taqdirlandi

11:20, 13 iyun

O`zbekistonda GM uchun dunyo bo`yicha butlovchi qismlarni etkazib beruvchilarga «GM Supplier Quality Excellence 2015» mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

«GM Operations Uzbekistan»ning Prezidenti va boshqaruvchi direktori Xektor Villarreal, etkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish va nazorat qilish bo`yicha GM International’ning mintaqadagi direktori Djeuel Shi hamda rahbariyat vakillari 10 dan ortiq mukofotlarni topshirish uchun «GM Uzbekistan» AJga butlovchi qismlarni etkazib beruvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashishdi

Mukofotlar «Uz-TongXong Co.», «Uz-Hanwoo»,  «Uz-DongJuPaint Co.», «Uz-Chasis», «Uz-Sungwoo», «Uz-SaeMyung Co.», «Uz-EraeCable», «Uz-Dong Won Co.», «Uz-Erae Climate Control», «Kwangjin Autosistems» qo`shma korxonalari va Jizzax akkumulyator zavodi jamoasiga topshirildi. 

Taqdirlash marosimida so`zga chiqqan Xektor Villarreal o`zlarining sidqidildan qilgan mehnati tufayli «GM Uzbekistan» AJning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo`shganligi uchun korxonalar rahbarlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek kompaniyalar vakillari va Djeuel Shi xonim ish jarayoni bilan tanishishi maqsadida qator korxonalarga tashrif buyurdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 13:42, 14 iyun
Butlovchi qismlar yetishmayotgani haqidayam yozila. Lyuk yo'qligi sabab Gentra 3 pozitisyasini 6 oy kuttim. Shartnoma muddatlari tugab ketti. Lekin avtosalon hodimlari parvo ham qilishmayabdi. Topgan gapi pastroq pozitsiya oling emish.