Arnold Shvarsenegger va Bill Klintonning birgalikdagi ilk selfisi(Foto)

11:46, 13 iyun

Arnold Shvarsnegger o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga  taniqli siyosatchi Bill Klinton bilan tushgan selfisini joylashtirdi. 

Mazkur surat bokschi Muhammad Alining dafn marosimida olingan. 

Ikki siyosatchining jilmayib turgani aks etgan surat qisqa muddat ichida qariyb 140 mingta “layk” yig`di. Aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq meri Muhammad Alining dafn marosimida Bill Klintonni ko`rganidan xursand bo`lganini yozib qoldirdi hamda Klintonning Muhammad Ali xotirasiga bag`ishlangan “ajoyib nutqi” ni alohida e`tirof etdi.  

Eslatib o`tiamiz, taniqli bokschi Muhammad Alit 4 iyun kuni hayotdan ko`z yumdi. Uning dafn marosimi AQShning Luisvill shahrida bo`lib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!