Fransiyada Abu Ali ibn Sino mukofoti ta`sis etildi

14:21, 13 iyun

Fransiyada buyuk alloma Abu Ali ibn Sino nomli xalqaro mukofot ta`sis etildi. Uning ta`sis etilishdan maqsad olimning tibbiyot, falsafa va madaniyat sohalarida qoldirgan merosini yanada rivojlantirish, kelajak avlodga etkazishdir, deb xabar berdi “Jahon” axborot agetligi.   

“Mukofot xalqaro ilmiy jamiyat vakillariga, tibbiyot sohasidagi ekspertlarga, shuningdek, allomaning tibbiyot sohasidagi g`oyalarini hozirgi kunda tatbiq etayotgan, o`rganayotgan tashkilotlarga beriladi”, deb ma`lumot berdi Fransiya va O`rtaer dengizi hududi madaniyat va maorifga oid  ilmiy tarmoqlarini o`zida jamlagan “Programma MED21” assosiasiyasi prezidenti, professor Muhammad Nodir Aziz. 

Mukofotlarni topshirish marosimi Fransiyaning Milliy tibbiyot akademiyasida bo`lib o`tdi. “Programma MED21”, “Avisenna-Fransiya” va Fransiya tibbiyot akademiyasi vakillaridan iborat hakamlar hay`atining qaroriga muvofiq uning ilk laureatlari deb quyidagilar topildi: •  Per Morel (Fransiya),  “Faros” obstervatoriyasining madaniy va diniy plyuralizmi direktori, elchi, Evroittifoqning Markaziy Osiyodagi sobiq maxsus vakili;

•  Qodirjon Keskinbora, Boxchasexira tibbiyot Universitetining tarix fanlari bo`yicha professori (Turkiya);
•  Jul Yanssens, Luven universiteti professori (Belgiya);
•  Meriyam Sebti,  ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi ilmiy xodimi (Fransiya);
•  O`zbekiston fanlar akademiyasi;
•  “Ibn Sino” jamoatchilik jamg`armasi (O`zbekiston).

“Ibn Sino nomli mukofotning ta`sis etilishi olamshumul voqealardan biridir, – dedi fransuz senatori, sobiq bosh vazir Jan-Per Raffaren “Jahon” Axborot Agentligiga bergan intervyusida. – Bu mukofot Evropa, O`rtaer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida ilmiy va madaniy merosni almashish yo`lida katta ishlarni bajarishga turtki bo`ladi. Mukofotning oldiga qo`ygan vazifasi juda ham ulkandir”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!