Aqto`be terrorchilarining barchasi yo`q qilindi

14:23, 13 iyun

Bundan bir hafta ilgari Qozog`istonning Aqto`be viloyatida bir guruh terrorchilar tomonidan qurol-yarog` do`koniga, harbiy qismga hujum uyushtirilgan edi.

Buning oqibatida shahardagi terrorchilik xavfi “qizil” darajada deb belgilanib, keyinroq esa “sariq” darajaga tushirilgan edi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Yakshanba kuni huquq-tartibot idorasi xodimlari 2 iyun kuni Aqto`beda ro`y bergan teraktga aloqador bo`lgan qidiruvdagi eng so`nggi uch kishini qo`lga oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!