Ro`za tutmaslik uchun qanday uzrli sabablar bor?

14:49, 13 iyun

Muborak ramazon oyining ilk haftasi ortda qoldi. Ayni paytda yurtimiz bo`lyba bu qutlug` oyning fayzu shukuhi kezib yuribdi. Ramazon oyida ro`za bilan bog`liq savol-javoblar har qanday mo`min-musulmonni befarq qoldirmaydi. Ushbu sahifalarda ham aynan mazkur masalalar yuzasidan fikr yuritmoqchimiz.

Savol: Kimlar Ramazon ro`zasini tutmaslik uchun uzrli sanaladi va uzrlar qaysilar?

Javob: Ro`za tutish Ramazon oyida farz bo`lsa-da, bir necha uzrlar sababli uni keyingi oylarda qazo qilib tutib berish mumkin. Kasallik, homiladorlik, emiziklilik, keksalik, hayz, nifos va safar ana shunday uzrlardandir.

Dardining og`irlashishidan yo tuzalishining kechikishidan qo`rqqan kasal Ramazon oyida ro`za tutmay, so`ng qazo qilib tutib berishi joiz. Homilador va emizikli ayollar ham ro`za tutishlarida o`zlariga yo farzandlariga ziyon borligidan xavf etsalar, uni keyinga qoldirishlari mumkin.

Keksalik tufayli ro`za tutishga ojiz chol yo kampir har kuni Ramazon ro`zasi uchun miskinga sadaqai fitr miqdorida fidya berishi lozim. Ammo ular keyinchalik quvvatga kirib ro`za tutishga yarasalar, fidya bergan bo`lsalar-da, qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradilar.

Hayz yo nifosdagi ayol toza bo`lgunicha ro`za tutishi mumkin emas. Toza bo`lganidan so`ng Ramazon oyida qoldirgan kunlarini qazo qilib tutib beradi.

Safardagi kishi ro`za tutishda mashaqqat bo`lish va bo`lmasligidan qat`iy nazar ro`za tutmasligi mumkin. Agar safarda ro`za tutmasa, albatta qazosini tutadi.

Qoldirgan ro`zalar qazosi istalsa, ketma-ket yo bo`lib-bo`lib tutib beriladi.

RO`ZADORLIGI ESIDAN ChIQSA...

Savol: Ba`zan ro`zaligim esdan chiqib biror narsa eb yoki ichib qo`ysam, ro`zam ochiladimi?

Javob: Ro`zaning buzilishi bilan bog`liq quyidagi uch xil holat kuzatiladi:  esdan chiqarish, xato oqibatida yoxud qasddan.

Ro`za tutganligi yodida bo`lmay, eb-ichib qo`ygan yoki uni buzadigan amalga qo`l urgan kishining ro`zasi buzilmaydi. Ro`zadorligi esiga tushgandan so`ng ro`zani buzuvchi narsani (masalan, eb-ichishni) davom ettirmasa bo`ldi. Agar davom ettirsa, ro`zasi buziladi va qazo lozim bo`ladi.

Ro`zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og`iz chayishda suv tomog`iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o`yda ro`zani ochib qo`ysa, ro`zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog`i kerak.

SAHARLIKDA UXLAB QOLSA, NIMA QILADI?

Savol:  Ba`zan   Ramazon   saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro`zaga qanday niyat qilish kerak?  Biror  narsa eb olish lozimmi?  Chunki ulab ro`za tutish, ya`ni saharlik   qilmay, ro`za tutish makruh, deyilgan…

Javob: «Ulab ro`za tutish», deyilganda og`iz ochish vaqtida og`iz ochmay, ya`ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa emay-ichmay, jimo` qilmay ro`za tutish tushuniladi. Og`iz ochish vaqtida og`zini ochib, taom eb, saharlikka turolmay ro`za tutish «ulab tutish», deyilmaydi. Saharlikka tura olmagan kishi uyg`onganida tong otgan bo`lsa, hech narsa emasligi va ichmasligi kerak. Eb-ichsa, shu kuni ro`za tutmagan bo`ladi. Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro`zasini   Alloh roziligi uchun tutishni ko`nglidan o`tkazsa, ro`za tutishga niyat qilgan bo`ladi. Umuman ro`zaning niyati Alloh roziligi uchun ro`za tutmoqlikni ko`nglidan o`tkazishdir.

“Dinda savolim bor” kitobidan olindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 11:47, 14 iyun
агар рузадор иссиглаб кетиб устидан сув куйса рузаси очилмайдими