Erkak sobiq xotinini sevishini qanday bilish mumkin?

16:37, 13 iyun

Ba`zan sizga turmush o`rtog`ingiz oldingi xotinini unutmaganday, hamon u haqda o`ylayotganday tuyulishi mumkin. Buning tagiga etishni istasangiz quyidagi ro`yxatga e`tiboringizni qarating.

Erkak ilgarigi xotinini hamon sevishini qanday bilish mumkin?

Erkak sobiq xotini bilan ijtimoiy tarmoq orqali muloqotda bo`ladi, suratlariga izoh yozadi, klip, qo`shiq yuboradi. U o`zining bu xatti-harakatini biz u bilan do`st bo`lib qolganmiz, deb oqlaydi. Balki rostdan ham shundaydir, chunki ularni bog`lab turuvchi umumiy xotiralar mavjud. Balki aksincha, erkak uni unuta olmayotganidan muloqot qilayotgandir? 

U sobiq xotinining suratlarini saqlab qo`ygan, kompyuteri esa baxtli kunlaridan xotira bo`lgan birga tushgan suratlariga to`lib-toshgan. Bu erda ikki variant mavjud: birinchisi suratlarni o`chirib tashlashga vaqti bo`lmagan, ikkinchi variant esa o`tmishni unutishni istamaydi. Erkak uchun bu suratlar qanchalik qadrli ekan?

Eringiz sobiq xotini haqida gapirib, tez-tez u bilan birga yashagan paytidagi kulgili voqealarni eslashni yoqtiradi. U bu voqealarni nimaga eslayapti? Unutishni istamaganligi uchunmi? Shunda siz beixtiyor “Balki haliyam uni sevar?” degan xayolga borasiz. 

Erkak uyda haliyam sobiq xotinining buyumlarini, idish-tovog`ini, kiyim-kechagini saqlaydigan bo`lsa, ulardan tezroq xalos bo`lishga harakat qiling. 

U sobiq xotinini eslashni umuman istamaydi. Boshqa tomoni — u sobiq xotini haqidagi barcha savolni noto`g`ri qabul qiladi. Bu esa uning ichida hali tuguni echilmagan muammolar borligidan dalolat va bu uning aziyat chekayotganidan dalolat.

Agar yuqorida keltirilgan misollardan birortasi sizga yaxshi tanish bo`lsa, demak eringiz hamon o`tmish xotiralaridan qutilishga tayyor emas. Darrov janjal ko`tarishga shoshilmang, bu vaziyatni battar chigallashtiradi. Yaxshisi, o`zingizni bo`sh qo`yib, munosabatlaringiz haqida o`ylab ko`ring, uchinchi odam haqida esa batamom unuting. Axir eringiz uni emas, sizning oldingizda o`tiribdi, demak eringizning orzusidagi ayol sizsiz. O`tmish esa orqada qolaversin.

Agar u erkak hali ham sobiq xotinini sevsa va bu haqda senga aytsa, uni qo`yib yubor. Ba`zida inson hayotida shunday ham bo`ladi, bu esa sen undan yomonsan degani emas. Shunchaki uning munosib jufti u, sen esa seni sevadigan insonni hali uchratasan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!