Tennischi Anna Kurnikova Enrike Iglesias bilan tushgan suratini e`lon qildi

16:42, 13 iyun

Sobiq tennis bo`yicha juftlik bahslarida dunyoning birinchi raketkasi Anna Kurnikova ispaniyalik xonanda Enrike Iglesias bilan tushgan suratini o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirdi.  Bu haqda "Gazeta.ru" xabar bermoqda

Suratda Kurnikova va Iglesiasni, shuningdek Annaning ukasi Allan Kurnikovni ham ko`rish mumkin.   

Rossiyalik tennischi va ispaniyalik qo`shiqchi 2001 yildan beri uchrashishadi. Biroq, ular 15 yildan beri birgalikdagi suratlarini deyarli e`lon qilmaydi. 

Hozirgi kunda Anna Kurnikova AQShning Mayami shtatida yashaydi va model bo`lib faoliyat yuritadi. U bir vaqtning o`zida AQSh hamda Rossiya fuqarosi hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!