National Geographic O`zbekistonni sayohat qilish tavsiya etiladigan 10 ta davlatlar ro`yxatiga kiritdi

16:44, 13 iyun

Mashhur xalqaro axborot resursi, sayohat olami etakchisi bo`lgan National Geographic sayyohlarga sayohat qilishni tavsiya etgan 10 ta davlatdan iborat ro`yxatda 6 o`rinni O`zbekistonga berdi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana” nashri. 

National Geographic O`zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz va bexatar joy ekanligiga e`tibor qaratgan.  O`zbekiston afsonaviy Buyuk ipak yo`li markazida joylashgan bo`lib, Markaziy Osiyodagi tarixiy obidalarga boy, go`zal mamlakatlaridan biridir. National Geographic sayohatchilarga O`zbekiston nafaqat go`zal tabiati, tarixiy obidalarga boyligi bilan, balki o`zbek xalqining mehmondo`stligi bilan ajralib turishi uchun ham sayohatga borishni tavsiya etgan.

National Geographic Samarqand va Buxoro obidalari islom olamidagi eng qadimiy obidalardan ekanligi, mustaqillik yillarida bu tarixiy binolar keng miqyosda qayta ta`mirlanganligi haqida hikoya qildi. 

National Geographic sayohlarga O`zbekistonga borganda albatta, butun dunyoga mashhur bo`lgan milliy taomlardan, ayniqsa palov va lag`mondan tatib ko`rishni maslahat berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!