Hindistonda Mig-27 samolyoti odamlar yashayotgan uy ustiga quladi

16:46, 13 iyun

Hindistonning shimoli-janubida qulagan Mig-27 qiruvchi samolyoti odamlar yashaydigan ikki uyning ustiga quladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Nashrning xabariga ko`ra, samolyot  sinov parvozini amalga oshirish uchun samoga ko`tarilgan va “Jodxpur” harbiy havo kuchlari bazasidan besh kilometr uzoqlikka qulagan. Hindiston harbiy havo kuchlari qo`mondonligi voqea tafsilotlariga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyida ish olib bormoqda.

Voqea bugun, mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da ro`y bergan. Samolyot qulashi natijasida ikkita uy vayron bo`lgan, bundan tashqari 10 avtomashina pachoqlangan. Mahalliy aholidan uch kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. 

Samolyotda bo`lgan ikki uchuvchi tan jarohati olmagan, ular halokat oldidan parashyutdan sakrashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!