DAISh terrorchilari Fransiyada polisiyachi va uning rafiqasini o`ldirdi

10:19, 14 iyun

Parij yaqinida polisiyachining oilasiga nisbatan bo`lgan hujumni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarisi Le-Myure shahrida polisiya mahkamasi boshlig`i va uning rafiqasini o`ldirgan. Manbaning ma`lumot berishicha, jinoyatchi so`roq qilinganda “Islom davlati” terrorchilik guruhiga sodiqligini bildirgan. Guvohlarning aytishicha, qotil polisiyachiga tashlanganda “Allohu akbar” deb baqirgan.

13 iyun kuni kechqurun Mananvil shahrida (Ivelin departamenti, Il-de-Frans hududi) jinoyatchi yonida o`g`li va rafiqasi bo`lgan polisiyachiga tashlanib, unga to`qqiz marotaba pichoq urgan. Keyin polisiyachining uyiga yashirinib olgan. OAVlarning ma`lumot berishicha, jinoyatchi polisiyachining qo`shnisi bo`lgan, ammo bu xabar rasman tasdiqlanmagan. 

Voqea joyiga Fransiya milliy polisiya bo`linmasi xodimlari etib kelishgan. Jinoyatchi qo`lga olish jarayonida yo`q qilingan. Jinoyat sodir etilgan joy ko`zdan kechirilganda ayolning jasadi topilgan, uch yoshli bolaning esa hayoti xavf ostida emas. Halok bo`lganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!