Shanxay aeroportini portlatgan odam ashaddiy qimorboz bo`lib chiqdi

10:21, 14 iyun

Shanxaydagi Pudun aeroportini portlatib, oqibatda 5 kishining tan jarohati olishiga sababchi bo`lgan odam katta miqdorda qarzi bo`lgan ashaddiy qimorboz bo`lib chiqdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

29 yoshli Chjou Sinbay portlash oldidan o`zining Weibo rasmiy mikroblogida yaqin kunlarda o`limiga sabab bo`luvchi ahmoqona harakatni amalga oshirishga tayyorgarlik ko`rayotgani haqida xabar qoldirgan, deb ma`lumot berdi Xitoy polisiyasi.

Polisiya tomonidan yigitning uyida tintuv o`tkazilganda mushaklardan tayyorlangan qo`lbola portlovchi moslama topilgan. Shanxayning Pudun aeroportida 12 iyun kuni portlash yuz bergan. Chjou Sinbay vino ichimligi shishasiga solingan portlovchi moddani irg`itgandan keyin, o`z joniga qasd qilishga harakat qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!