O`zbekistonda Xitoyning UnionPay xalqaro kartochkalari to`lov vositasi sifatida qabul qilinadi

14:28, 14 iyun

20 iyun kuni Yagona umumrespublika prosessing markazi UnionPay International kompaniyasi bilan birgalikda O`zbekistonda UnionPay xalqaro kartochkalari ekvayringi (tovar va xizmatlar  uchun to`lov vositasi sifatida qabul qilish) bo`yicha loyihaning ochilish marosimi o`tkaziladi. O`zbekiston banklari assosiasiyasi binosida bo`lib o`tadigan marosimda China UnionPay Prezidenti janob Shi Venchao boshchiligidagi UnionPay delegasiyasi ishtirok etadi. Bu haqda O`zbekiston banklari assosiasiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.  

Ma`lumot uchun: UnionPay International to`lov tizimi – bu yirik va jadal rivojlanayotgan Xitoy to`lov tizimi bo`lib, u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy banki ko`magida 2002 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda dunyo bo`ylab to`lov tizimining 3,5 milliarddan ortiq kartochkalari emissiya qilingan. UnionPay kartochkalariga dunyoning 143 mamlakatida 1 milliondan ortiq bankomat xizmat ko`rsatadi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!