“O`zimizning rekordlar”da Ozodbek Nazarbekov qanday rekord o`rnatdi?

16:15, 14 iyun

Mazkur loyihamiz e`lon qilina boshlagach, tahririyatimizga qo`ng`iroq qilib, o`zlarining har xil kolleksiyalari, g`aroyib xususiyatlari, iste`dodi haqida aytib berayotgan, maktublar yo`llayotgan muxlislarimiz safi kengayib bormoqda. Bu gal tahririyatimizga Nilufar Isroilova o`g`li Otabek Tohirov bilan kirib kelishdi. Ularning qo`lida esa, yurtimizning taniqli san`at yulduzlari dastxati tushirilgan va suratlari joylashtirilgan albomlar. 

— Men yoshligimdan san`atni yaxshi ko`rardim va san`atkor bo`lishni orzu qilardim,  — deydi Nilufar Isroilova. – Shu bois mashhur san`atkorlar bilan suratga tushar, ulardan dastxat olib qolishga harakat qilardim. Bu ishni boshlaganimga 17 yil bo`ldi. Hozirda mashhur insonlar bilan tushgan suratlarim soni yuzga yaqin. Dastxatlar esa, 150 dan oshdi. Ayni paytda mening ushalmagan orzuyimni o`g`lim ro`yobga chiqarishiga ishonaman. Ayni paytda u ham mashhurlar bilan suratga tushib, dastxat to`plashga juda ham qiziqadi. 

Nilufar Ilhom Farmonovning ashaddiy muxlisasi ekan. Ayni paytda uning kolleksiyasida Ilhom Farmonovning bir qancha dastxati va birga tushgan suratlari bor. Shuningdek, uning “xazinasi”dan Valijon Shamshiev, Shukurullo Isroilov, “Setora”, “Xo`ja” guruhlari, Ozoda Nursaidova, Ra`na Yarasheva, Xosiyat Husanova, Nasiba Abdullaeva, Lola Ahmedova singari el ardog`idagi san`atkorlar, shuningdek, Nuriddin Haydarov, Shahnozabonu singari marhum xonandalarning dastxatlari o`rin olgan.

Nilufar Isroilova ayni paytda poytaxtimizning Olmazor tumani Sag`bon ko`chasida istiqomat qiladi. U farzandi bilan birga  kelgusida yana ko`plab mashhur san`atkorlar, hatto xorijlik yulduzlarning dastxatlarini to`plash niyatida. 

Ehtimol Otabek onasining ushalmagan orzusini amalga oshirib, kelajakda mashhur san`atkor bo`lar, o`shanda undan ham xuddi shu singari dastxat olishar, suratga tushishar?!

Ammo bu kabi rekordchilar safidan O`zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni ham joy olganiga nima deysiz? 

Xo`sh, xalq artisti qanday rekord o`rnatgani bilan qiziqyapsizmi? Unda “Darakchi” gazetasining 16-iyun kuni sotuvga chiqadigan yangi sonini o`tkazib yubormang. Bu savolga o`shanda javob topasiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!