Toshkentda yana bir er usti piyodalar o`tish yo`li barpo etiladi(Foto)

17:09, 14 iyun

Bugungi kunda poytaxtimizning Shota Rustaveli hamda Muqimiy ko`chalari kesishmasida yo`llarni kengaytirish maqsadida katta qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi buyurtmasiga asosan 1 may kuni “ToshkentBoshplanLITI”, “Boshtransloyiha” loyihalash institutlari, “Ko`prikqurilish”, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lo`tkazuvchi ko`prik qurilishi boshlangan.

Mazkur ob`ektning pasportiga nazar solsangiz, unda uzunligi 922 metr, balandligi 7,5 metrni tashkil qilgan 4 polosali avtomobil yo`lini o`z ichiga olgan yo`l o`tkazuvchi ko`prik qad rostlashini guvohi bo`lishingiz mumkin. 

Bundan tashqari avvalgi “Gap” kafesining oldidagi avtobus bekatidan Estrada sirk kolleji tomoniga o`tadigan uzunligi 66 metr, balandligi 6,5 metrni tashkil qiladigan, ikki tomoni eskalator bilan jihozlangan yo`l usti piyodalar yo`lagi ham bunyod etiladi. Avval mazkur yo`ldan o`tishda piyodalar tinimsiz transport oqimi sababli katta noqulayliklarga duch kelardi.

Eslatib o`tamiz, Toshkentda birinchi erusti piyodalar o`tish yo`li Gulzor (sobiq «Ganga») maydonida 2015 yilda bunyod etilgan. 

 

Mazkur ko`chalarda qurilish ishlari 2016 yilning 10 avgust kuni, Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida tugatilishi rejalashtirilgan.

    

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!