Opasining eriga turmushga chiqqan qiz qismati

10:13, 15 iyun

«...Bir yarim yilda eng suyuklilarim — opam va ko`ngil qo`yganimdan ayrildim. Rahmatli opam doim «To`yingda «Xayr, singiljonim!» deya qo`shiq aytaman! Senga o`xshab, «Kelin  ko`ylagingizni eching», deya to`polon qilmayman», deb hazil qilardi. Mening to`yim ham bo`lmadi, unda mehribonimga qo`shiq kuylash ham nasib qilmadi. Bir kunda qarindosh-urug`larning kattalari jam bo`lib, pochchamning uyiga olib borib qo`yishdi.

Mana, qariyb bir yildan beri opamning uyida yashayapman. Buvisi har uyimizga kelganida Muslimaga meni «oyi» deb chaqirishini uqtirgani-uqtirgan. Muslima esa to katta bo`lgunicha xolasi bu uyda ularga qarab yashab turadi, deb hisoblaydi. Muslimbek onasini eslolmaydi, u uchun oyisi menman. Pochcham... men uni turmush o`rtog`im deb ham atolmayman. U esa mendan opamni izlaydi. Topolmagach, xunob bo`ladi. Bizning na tashqi ko`rinishimiz, na fe`l-atvorimiz o`xshash edi. Ikkimiz ikki xil dunyo edik. Tag`in o`rtamizdagi o`n yillik farq ham har qadamda ko`zga tashlanadi. Men «juftim» deya uning ko`ngliga yoqish uchun biror harakat qilishga botina olmayman, u ham ayoli sifatida meni qabul qilolmaydi... Eng yomoni, ikkimizning ham ko`nglimiz o`zganing dardi bilan yaralangan. U sevib uylangan opamni, men sevgi neligini anglatgan insonimni qo`msayman... Ammo bu nikohga barham berolmasligimiz ikkimizga-da kundek ravshan. Chidashdan boshqa choramiz yo`q... Ba`zida...»

Pochchasiga turmushga chiqqan qiz haqiqatlari bayon etilgan hikoyaning davomini «SUG‘DIYONA» gazetasining 24-sonida o`qishingiz mumkin. Sotuvda 16 iyundan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!