Toshkentda ishlamayotgan svetofor sabab yuzaga kelgan tirbandlikni ko`ngillilardan biri bartaraf etdi(Video)

10:17, 15 iyun

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Farhod bozori chorrahasidagi ishlamayotgan svetoforlar tufayli yuzaga kelgan tirbandlikni bartaraf etgan va avtomobillar harakatini ko`ngilli ravishda tartibga solgan yigitning videolari tarqaldi. Yigitning xatti-harakatlari internet foydalanuvchilarining maqtovlariga sazovor bo`ldi.

Videoda yosh yigitning chorraha markaziga chiqib olib, qo`llari yordamida avtomobillar harakatini tartibga solayotgani aks etgan.

Guvohlarning ma`lum qilishicha, mazkur chorrahada svetofor deyarli yarim kun ishlamagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!