Kopa Amerika-2016. Chili gollar shousida Panamani mag`lub qilib, chorak finalga chiqdi

11:22, 15 iyun

AQShda Kopa Amerika-2016 turniri davom etmoqda. “D” guruhi 3-tur markaziy o`yinida Chili terma jamoasi Panamaga qarshi bahs olib bordi. 

Chili terma jamoasi 4:2 hisobida Panamani mag`lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Avvalroq ushbu guruhdan Argentina pley-offga yo`l olgandi. 

Chorak finalda Chili termasi Meksika futbolchilariga qarshi to`p suradigan bo`ldi. Argentina Venesuelaga to`qnash keladi. 

Chili – Panama 4:2 (2:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 5 Kamargo, 1:1 – 15 Vargas, 2:1 – 43 Vargas, 3:1 – 50 Sanches, 3:2 – 75 Arroyo, 4:2 – 89 Sanches.

Ogohlantirishlar: Kamargo (52), Kammingz (72), Enrikes (78), Isla (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!