“Kelajak bashoratchisi” Facebook foydalanuvchilarini chalg`itdi

11:36, 15 iyun

Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Pablo Rayz o`zining akkauntida Xillari Klinton ilk prezident ayol bo`lishi, Muhammad Ali va Prins hayotdan ko`z yumishi haqida bashorat qilingan yozuvlarni qoldirgan. 

Yozuv 2015 yil dekabr oyida yozilgani  foydalanuvchilarni hayratga soldi va bashorat bo`lib tuyuldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Pablo Rayzning yana bir bashoratida “Yaqin kunlarda butun dunyo gorilla maymunining o`limidan qayg`uga tushadi” deb, 29 may kuni Sinsinatti hayvonot bog`ida uch yoshli bola maymunlarning katagiga yiqilib tushganligi oqibatida otib o`ldirilgan 17 yoshli Xarambe laqabli maymun haqida so`z yuritilgan. Maymun o`ldirilgandan keyin minglab odamlar bolaning ota-onasini jazolashni talab qilishgan.

Rayz 2016 yilning eng asosiy voqealari haqida yozgan postlari virusli bo`lib, 170 ming odamga tarqatilgan. Uning bashoratlariga aksariyat shubha bilan qaragan bo`lsa-da, ko`pchilik izoh yozib qoldirgan.

BuzzFeed nashri esa “bashoratchi” Pablo Rayzning qanday qilib yozuv muddatini o`zgartirganini, hiyla-nayrangini fosh qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!