Ronaldu Portugaliya safida navbatdagi natijani qayd etdi

11:43, 15 iyun

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro–2016 doirasida Islandiyaga qarshi dastlabki turda maydonga tushib o`ziga xos natija qayd etdi. 

Ronaldu mamlakat termasidagi o`yinlar sonini 127 taga etkazdi. Bu borada u afsonaviy Luish Figuga etib ham oldi. Keyingi o`yinda u Figuning natijasini yangilaydi va yangi rekord sohibiga aylanadi.

Eslatib o`tamiz, Portugaliya va Islandiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!