AQShning Florida shtatida alligator 2 yoshli bolani suv ostiga tortib ketdi

15:29, 15 iyun

AQShning Florida shtati Orlando shahrida baxtsiz hodisa ro`y berdi. Ulkan alligator 2 yoshli bolani suv ostiga tortib ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” nashri. 

Baxtsiz hodisa 14 iyun, seshanba kuni Orlando shahridagi Disney World ko`ngilochar bog`ida yuz berdi.  

Oranj Jerri Demings okrugi sherifi matbuot anjumanida ikki yoshli bola qarovsiz qoldirilgani oqibatida unga alligator hujum qilganini ma`lum qilgan. 

Bolaning otasi o`g`lini qutqarishga harakat qilgan, biroq buning iloji bo`lmagan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, polisiyachilar bolani izlashda davom etmoqda. 

Alligatorlar Floridadagi baxtsiz hodisalarning asosiy sababchilari hisoblanadi. O`tgan haftada ham qutqaruvchilar odam tanasini olib ketayotgan alligatorni tutib olgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!