Bolalarni ramazon qo`shiqlarini aytishdan qaytarish tavsiya etildi

15:31, 15 iyun

“Islom.uz” saytining savol-javoblar bo`limida foydalanuvchilardan biri anchadan buyon mavjud bo`lgan an`ana — bolalarning ramazon qo`shiqlarini aytib, pul yig`ib yurishi to`g`ri-noto`g`riligiga qiziqdi, deb yozadi “Daryo” nashri. 

«Ramazon oyida kechki paytlar yosh voyaga etmagan bolalar uylarda ramazon qo`shiqlarini aytib, she`rlaridan aytib pul terib yurishadi. Mana shu ish davom etgani yaxshimi yoki kattalarimiz yoshlarni bundan qaytargani yaxshimi?» — deya savol qoldirdi u.

Sayt ma`muriyati esa bunga: «Kattalarimiz yoshlarni bunday ishdan qaytargani yaxshi», — deya qisqa va lo`nda javob qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!