9 yoshli amerikalik bola Alkatrasgacha suzib borib, rekord o`rnatdi

15:35, 15 iyun

9 yoshli amerikalik Jeyms Sevij San-Fransiskodan Alkatras oroligacha suzib borib, ortiga qaytdi va rekord o`rnatdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bolaga kuchli oqim ham, suvning sovuqligi ham ta`sir qilmagan. Shunga qaramay, Sevij suzishning ilk soatida yuziga urilgan to`lqin oqibatida ortiga qaytmoqchi bo`lgan. Bolaning otasi mukofot tariqasida avvaliga o`g`liga 100 dollar va`da qilgan bo`lsa, keyin fikridan qaytib, mukofot miqdorini 200 dollarga oshirgan. Bolaning rekord o`rnatishiga ikki soat vaqt ketdi. Sevij bunday yo`nalishda rekord o`rnatgan eng yosh rekordchi hisoblanadi. Oldingi rekordchi 10 yoshda bo`lgan

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!